Asosiy tarkibga o'tish

Dapps – markazlashtirilmagan ilovalar

Ethereum quvvatlaydigan vositalar va xizmatlar

Dapps - biznes modellarini o‘zgartirish yoki yangilarini kashf etish uchun Ethereumʼdan foydalanadigan ilovalarning tobora rivojlanib borayotgan harakatidir.

Kompyuter yordamida itning rasmi

Boshlang

Dapp dasturini ishlatib ko‘rish uchun sizga va bir oz ETH kerak bo‘ladi. Hamyon yordamida ulanish yoki tizimga kirishingiz mumkin. Bundan tashqari, amalga oshirish uchun ETH talab qilinadi.

1. ETH oling

Dapp harakatlari tranzaksiya to‘lovini talab qiladi

2. Hamyonni sozlash

Hamyon - bu dapp uchun "kirish"ingizdir

3. Tayyormi?

Sinab koʻrish uchun dappʼni tanlang

Boshlovchilar uchun do‘stona

Boshlovchilar uchun yaxshi bo‘lgan bir nechta dapplar. Quyida boshqa dapplar bilan tanishing.

Uniswap logotipi

Uniswap

Tokenlaringizni oson almashtiring. Tarmoq bo‘ylab boshqa ishtirokchilar bilan tokenlarni almashish imkonini beruvchi, hamjamiyat orasida mashhur bo‘lgan xizmat.

finance
Ochiq Uniswap(opens in a new tab)
OpenSea logotipi

OpenSea

Cheklangan nashrdagi noyob tovarlarni sotib oling, soting, kashf eting va almashing.

collectibles
Ochiq OpenSea(opens in a new tab)
Gods Unchained logotipi

Gods Unchained

Strategik karta o‘yini. O‘ynab, haqiqiy hayotda sotish imkoniyatiga ega bo‘lgan kartalarni qo‘lga kiriting.

gaming
Ochiq Gods Unchained(opens in a new tab)
Ethereum nom xizmati logosi

Ethereum Name Service

Ethereum manzillari va markazlashmagan saytlar uchun foydalanuvchilarga qulay bo‘lgan nomlar.

social
Ochiq Ethereum Name Service(opens in a new tab)

Dapplar bilan tanishing

Ko‘plab dapplar hali-hanuz tajriba bosqichida bo‘lib, markazlashmagan tarmoqlarning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Biroq, texnologiya, moliya, o‘yin va kolleksiyalashtirish sohalarida muvaffaqiyatga erishgan dastlabki ilovalar ham yo‘q emas. Bu sohalarda ayrim loyihalar o‘zlarini yaxshi ko‘rsata olishdi.

Toifani tanlang

Markazlashmagan moliya

Ushbu ilovalar kriptovalyutalardan foydalangan holda moliyaviy xizmatlarni yaratishga qaratilgan. Ular kredit berish, qarz olish, foiz daromadi olish va shaxsiy to‘lovlarni amalga oshirish kabi xizmatlarni taklif etadi - bunda hech qanday shaxsiy ma’lumot talab qilinmaydi.

Doim o‘zingiz tadqiqot o‘tkazing

Ethereum yangi texnologiya va aksariyat ilovalar yangi. Har qanday katta miqdordagi pulni omonatga qo‘yishdan oldin xavf-xatarlarni tushunganingizga ishonch hosil qiling.

Qarz berish va qarz olish

  • Aave logotipi
    Aave
    Foiz olish va istalgan vaqtda yechib olish uchun tokenlaringizni qarzga bering.
    Ketdikto Aave website(opens in a new tab)
  • Compound logotipi
    Compound
    Istalgan vaqt foiz olish va pul olish uchun tokenlaringizni qarzga bering.
    Ketdikto Compound website(opens in a new tab)
  • Summer.fi logotipi
    Summer.fi
    Ethereum tarmog‘idagi barqaror kriptovalyuta Dai bilan savdo qiling, qarz oling va pul jamg‘aring.
    Ketdikto Summer.fi website(opens in a new tab)
  • PWN logotipi
    PWN
    Ethereumʼdagi istalgan token yoki NFT’lar garov evaziga oson kreditlar.
    Ketdikto PWN website(opens in a new tab)
  • Yearn logotipi
    Yearn
    Yearn Finance daromad to‘plovchi tizimdir. U shaxslar, DAO va boshqa protokollarga raqamli aktivlarni joylashtirish orqali daromad olish imkoniyatini beradi.
    Ketdikto Yearn website(opens in a new tab)
  • Convex logotipi
    Convex
    Convex Curve likvidlik ta’minotchilariga o‘zlarining CRVlarini qulflamasdan savdo to‘lovlarini olish va kuchaytirilgan CRV olish imkoniyatini beradi.
    Ketdikto Convex website(opens in a new tab)

Birjalar

Talab agregatorlari

Bridges

Investitsiya jamgʻarmalari

Portfel boshqaruvi

Sugʻurta

Toʻlovlar

Crowdfunding

Derivativlar

Likvid staking

Prognoz bozorlari

Boshqa ilovalarni ko‘zdan kechirmoqchimisiz?

Yuzlab dappʼlarni ko‘zdan kechiring(opens in a new tab)

Sehr ortda markazlashmagan moliya tizimi

Ethereum’ning qanday xususiyatlari markazlashmagan moliya dasturlarining gullab-yashnashiga imkon bermoqda?

Ochiq kirish huquqi

Ethereumʼda ishlaydigan moliyaviy xizmatlardan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Mablag‘ingiz va internet aloqangiz bo‘lsa, darhol foydalanishga tayyorsiz.

Yangi token iqtisodi

Bu moliyaviy mahsulotlar doirasida siz munosabatda bo‘la oladigan tokenlarning butun bir dunyosi mavjud. Odamlar Ethereum asosida doimiy ravishda yangi tokenlarni yaratishda davom etmoqda.

Stablecoins

Jamoalar - kamroq o‘zgaruvchan kriptovalyutani yaratdilar. Bu sizga xavf va noaniqliksiz kriptovalyuta bilan tajriba o‘tkazish va undan foydalanish imkoniyatini beradi.

Bir-biriga bog‘liq moliyaviy xizmatlar tizimi

Ethereum tizimidagi barcha moliyaviy mahsulotlar modulli tuzilishga ega bo‘lib, bir-biri bilan uyg‘unlasha oladi. Bu modullarning yangi shakllari muntazam ravishda bozorga kirib kelmoqda, bu esa sizning kriptovalyutangiz yordamida amalga oshira oladigan imkoniyatlaringizni kengaytirmoqda.

Markazlashmagan moliya haqida batafsil
Sehrgarlar tasvirlanishi

Dappʼlar ortidagi sehr

Dappʼlar oddiy ilovalar kabi ko‘rinishi mumkin. Biroq, ular parda ortida o‘ziga xos xususiyatlarga ega, chunki Ethereumʼning barcha g‘ayrioddiy imkoniyatlarini o‘zlashtiradi. Quyida dappʼlarni oddiy ilovalardan farqlaydigan jihatlar keltirilgan.

Ethereumʼni nima shunchalik buyuk qiladi?

Egasi yo‘q

Ethereumʼga joylashtirilgandan so‘ng, dapp kodini o‘chirib tashlash mumkin emas. Har qanday kishi dappning xususiyatlaridan foydalana oladi. Hatto dapp ortidagi jamoa tarqalib ketgan taqdirda ham, undan foydalanishni davom ettiraverasiz. Ethereumʼga bir marta joylashtirilgach, u doimiy ravishda o‘sha yerda qoladi.

Senzuradan xoli

Ichki to‘lovlar

Ulang va ishlating

Anonim kirish

Kriptografiya asosida himoyalangan

Kutish vaqti yo‘q

Dappʼlar qanday ishlaydi

Dapps markazlashgan serverda emas, balki markazlashtirilmagan tarmoqda ishlaydigan o‘z backend kodiga (aqlli shartnomalar) ega. Ular ma’lumotlarni saqlash uchun Ethereum va ilova mantiqi uchun smart shartnomalardan foydalanadilar.

Smart-shartnoma - bu blokcheynga joylashtirilgan, hammaga ko‘rinadigan va aniq belgilangan qoidalar asosida ishlayotgan tizimdir. Buni savdo avtomatiga o‘xshatish mumkin: agar siz unga yetarli mablag‘ solsangiz va to‘g‘ri tanlov qilsangiz, xohlagan mahsulotingizni olasiz. Xuddi savdo avtomatlari kabi, smart-shartnomalar ham Ethereum hisobingizga o‘xshab mablag‘larni saqlash qobiliyatiga ega. Bu esa dastur kodiga kelishuvlar va bitimlarni boshqarish imkoniyatini beradi.

Dappʼlar Ethereum tarmog‘iga joylashtirilgandan keyin ularni o‘zgartirish imkonsiz bo‘ladi. Dappʼlar markazlashmagan bo‘lishi mumkin, chunki ular alohida shaxs yoki kompaniya tomonidan emas, balki shartnomaga yozilgan mantiq asosida boshqariladi.

Sahifa foydali boʻldimi?