NFTlar nima?
NFTlar individual unikal tokenlardir. Har bir NFT o‘ziga xos xususiyatlarga ega (o‘zgarmas) va isbotlangan tarzda kamyob hisoblanadi. Bu yoki USDC kabi boshqa Ethereum tokenlaridan farq qiladi, bu yerda har bir token identik va bir xil xususiyatlarga emas (yaʼni “oʻzgarmas” emas). Hamyoningizda qaysi aniq dollar banknoti (yoki ETH) borligining sizga farqi yo‘q, chunki ularning barchasi bir xil va qiymati teng. Biroq, siz aynan qaysi NFTga egalik qilayotganingiz muhim, chunki ularning har biri o‘zini boshqalardan ajratib turadigan individual xususiyatlarga ega (“o‘zgarmas”).
Har bir NFTning o‘ziga xosligi san’at, kolleksion ashyolar yoki hatto ko‘chmas mulk kabi narsalarni tokenizatsiya qilish imkonini beradi, bu yerda bitta o‘ziga xos unikal NFT muayyan unikal real dunyo yoki raqamli elementni ifodalaydi. Obyektga egalik qilish Ethereum ommaviy ravishda tekshiriladi.
Aktivlar interneti
NFT va Ethereum bugungi kunda internetda mavjud boʻlgan ayrim muammolarni hal qiladi. Hamma narsa tobora raqamlashib borayotgan bir vaqtda, jismoniy narsalarning noyobligi, tanqisligi va egalik huquqini tasdiqlovchi xususiyatlarini markaziy tashkilot nazoratisiz takrorlash zarurati tug‘ilmoqda. Masalan, NFT yordamida siz barcha Ethereumʼga asoslangan ilovalarda musiqa mp3 fayliga egalik qilishingiz va Spotify yoki Apple Music kabi biror kompaniyaning musiqa ilovasiga bog‘lanib qolmasligingiz mumkin. Siz ijtimoiy tarmoqdagi o‘z identifikatoringizga egalik qilishingiz, uni sotishingiz yoki almashtirishingiz mumkin, biroq platforma ta’minlovchisi buni sizdan asossiz ravishda tortib ololmaydi.
Keling, bugungi kunda ko‘pchiligimiz foydalanadigan internet bilan NFTʼlar interneti qanday farq qilishini ko‘rib chiqamiz...
Taqqoslash
NFT internet | Odatdagi internet |
---|---|
Aktivlaringiz o‘zingizniki! Ularni sotish yoki almashtirishga faqat sizning huquqingiz bor. | Siz biror tashkilotdan mulkni ijaraga olasiz va u sizdan olib qoʻyilishi mumkin. |
NFTʼlar raqamli jihatdan yagona bo‘lib, hech qachon ikki NFT bir xil bo‘lmaydi. | Ko‘pincha nusxani aslidan farqlash qiyin bo‘ladi. |
NFTʼga egalik qilish haqidagi ma’lumot blokcheynda saqlanadi va har kim uni ochiq tarzda tekshirishi mumkin. | Raqamli buyumlarning egalik qaydnomalariga kirish huquqi muassasalar ixtiyorida - ularning so‘zlariga ishonishdan boshqa ilojingiz yo‘q. |
NFTʼlar Ethereumʼdagi . Bu ularni Ethereumʼdagi boshqa aqlli shartnomalar va ilovalarida osongina qo‘llash mumkinligini anglatadi! | Raqamli mahsulotlarga ega kompaniyalar ko‘pincha o‘zlarining "yopiq tizim" infratuzilmasini yaratishga majbur bo‘ladi. |
Kontent yaratuvchilari o‘z ishlarini dunyoning istalgan nuqtasida sota oladilar va butun jahon bozoriga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. | Ijodkorlar o‘zlari qo‘llaydigan platformalarning infratuzilmasi va tarqatilish tizimiga bog‘liq bo‘ladi. Bular ko‘pincha foydalanish shartlari va geografik cheklovlarga bo‘ysunadi. |
NFT yaratuvchilari o‘z ishlari ustidan mulkiy huquqlarini saqlab qolishlari va mualliflik haqlarini bevosita NFT shartnomasiga dasturlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin. | Musiqa kabi striming platformalar sotuvlardan keladigan daromadning asosiy qismini o‘zlarida saqlab qoladi. |
NFTʼlar nima uchun ishlatiladi?
NFT ko‘p narsalar uchun ishlatiladi, jumladan:
- tadbirda qatnashganingizni tasdiqlash
- kursni tamomlaganingizni tasdiqlash
- o‘yinlar uchun tegishli buyumlar
- raqamli sanat
- haqiqiy dunyo aktivlarini tokenlashtirish
- onlayn shaxsingizni tasdiqlash
- kontentga kirishni taqiqlash
- chipta sotish
- markazlashmagan internet domen nomlari
- tizimidagi garov ta’minoti
Ehtimol, siz o‘z ijodingizda nazoratni yo‘qotmasdan va daromadingizni vositachilarga berib yubormasdan, NFTʼlar orqali ulashishni istaydigan san’atkordirsiz. Siz yangi shartnoma yaratib, NFTlar miqdorini, ularning xususiyatlarini va muayyan san’at asariga bo‘lgan havolani belgilashingiz mumkin. Sanʼatkor sifatida siz aqlli shartnomaga o‘zingizga to‘lanishi kerak bo‘lgan royaltilarni dasturlashtirishingiz mumkin (masalan, har safar NFT boshqa shaxsga o‘tkazilganda, sotuv narxining 5 foizini shartnoma egasiga o‘tkazish). Siz har doim NFTʼlarni yaratganingizni isbotlay olasiz, chunki shartnomani joylashtirgan sizning ixtiyoringizda. Xaridorlaringiz kolleksiyangizdan haqiqiy NFTʼga egalik qilishlarini osongina isbotlay olishlari mumkin, chunki ularning hamyon aqlli shartnomaningizdagi token bilan bog‘langan. Ular Ethereum ekotizimi bo‘ylab uning haqiqiyligiga to‘la ishonch bilan foydalana oladi.
Yoki sport tadbiriga chipta olishni ko‘rib chiqing. Xuddi tadbir tashkilotchisi qancha chipta sotishni tanlashi mumkin bo‘lganidek, NFT yaratuvchisi ham nechta nusxa mavjud bo‘lishini belgilay oladi. Ba’zan bular 5000 ta umumiy kirish chiptasi kabi aynan o‘xshash nusxalar bo‘ladi. Ba’zida bir-biriga juda o‘xshash, ammo har biri biroz farqli bo‘lgan bir nechta nusxa yaratiladi, masalan, belgilangan o‘rindiqli chipta kabi. Bularni vositachilarga pul to‘lamasdan tengma-teng sotib olish va sotish mumkin. Xaridor esa shartnoma manzilini tekshirish orqali chiptaning haqiqiyligiga doim ishonch hosil qiladi.
Ethereum.org saytida NFTʼlar odamlarning GitHub omborimizga sezilarli hissa qo‘shganligini (veb-saytni dasturlash, maqola yozish yoki tahrirlash...), kontentimizni tarjima qilganligini yoki hamjamiyat chaqiruvlarimizda ishtirok etganligini ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Hatto o‘zimizning NFT domen nomimizga ham egamiz. Agar siz ethereum.org saytiga hissa qo‘shsangiz, NFTʼni qo‘lga kiritishingiz mumkin. Ba’zi kripto uchrashuvlar chipta o‘rnida POAPʼlardan foydalanib kelmoqda. Hissa qo‘shish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot.
Bu veb-saytning NFTʼlar yordamida ishlaydigan ethereum.eth nomli muqobil domen nomi ham bor. Bizning .org
manzilimiz markazlashgan tarzda domen nomlari tizimi (DNS) provayderi tomonidan boshqarilsa, ethereum.eth
esa Ethereum Name Service (ENS) yordamida Ethereum tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Va u bizning mulkimiz va biz tomonimizdan boshqariladi. Bizning ENS yozuvimizni tekshirib ko‘ring(opens in a new tab)
ENS haqida batafsil(opens in a new tab)
NFTʼlar qanday ishlaydi?
NFTʼlar, xuddi Ethereum blokcheyinidagi boshqa raqamli narsalar singari, "aqlli shartnoma" deb ataladigan Ethereum asosidagi maxsus kompyuter dasturi yordamida yaratiladi. Ushbu shartnomalar yoki kabi ma’lum standartlarga rioya qiladi. Bu standartlar shartnomaning imkoniyatlarini belgilab beradi.
NFT aqlli shartnomasi quyidagi bir nechta asosiy vazifalarni bajarishi mumkin:
- NFT yaratish: yangi NFTʼlarni shakllantirish.
- Egalikni belgilash: U NFTʼlarning qaysi Ethereum manzillariga tegishli ekanligini bog‘lash orqali ularning egalarini kuzatib boradi.
- Har bir NFTga identifikatsiya raqami berish: Har bir NFT o‘ziga xos bo‘lgan alohida raqamga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, odatda unga NFTʼning nimani anglatishini tavsiflovchi ba’zi ma’lumotlar (meta-ma’lumotlar) ham biriktirilgan bo‘ladi.
Kimdir NFTʼni "yaratganda" yoki "zarblaganda," ular aslida aqlli shartnomaga ma’lum bir NFTʼning egalik huquqini o‘zlariga berishni so‘raydilar. Bu ma’lumotlar blokcheynda xavfsiz va ommaga ochiq tarzda saqlanadi.
Bundan tashqari, shartnoma tuzuvchi qo‘shimcha shartlarni kiritish huquqiga ega. Ular muayyan NFTʼning chiqarilishi mumkin bo‘lgan miqdorini cheklashlari yoki NFT bir qo‘ldan boshqasiga o‘tganda kichik royalti to‘lovi olish huquqiga ega bo‘lishlari haqida qaror qabul qilishlari mumkin.
NFT xavfsizligi
Ethereumʼning xavfsizligi asoslanadi. Tizim zararli harakatlarni iqtisodiy jihatdan rag‘batsizlantirish orqali Ethereumʼni o‘zgartirib bo‘lmaydigan qilib loyihalashtirilgan. NFTʼlarni mavjud qiladigan narsa aynan shu. Sizning NFT tranzaksiyangizni o‘z ichiga olgan so‘ng, uni o‘zgartirish uchun hujumchi millionlab ETH sarflashiga to‘g‘ri keladi. Ethereum dasturiy ta’minotini ishlatayotgan har qanday shaxs NFT bilan bog‘liq notoʻgʻri o‘zgartirishlarni darhol aniqlay oladi, va bunday salbiy harakat qilgan shaxs iqtisodiy jazoga tortiladi hamda tizimdan chetlashtiriladi.
NFTʼlar bilan bog‘liq xavfsizlik muammolari ko‘pincha fishing firibgarliklari, aqlli shartnomalar zaifliklari yoki foydalanuvchi xatolari (masalan, shaxsiy kalitlarni bexosdan oshkor qilish) tufayli yuzaga keladi. Shu sababli, NFT egalari uchun hamyonlarning xavfsizligini ta’minlash juda muhim hisoblanadi.
Xavfsizlik haqida batafsilQo'shimcha o'qish
- NFT bo‘yicha boshlovchilar uchun qo‘llanma(opens in a new tab) - Linda Xie, 2020-yil yanvar
- EtherscanNFT tracker(opens in a new tab)
- ERC-721 token standard
- ERC-1155 token standard
- Ommabop NFT ilova va vositalari(opens in a new tab)