Dapps – markazlashtirilmagan ilovalar
Ethereum quvvatlaydigan vositalar va xizmatlar
Dapps - biznes modellarini o‘zgartirish yoki yangilarini kashf etish uchun Ethereumʼdan foydalanadigan ilovalarning tobora rivojlanib borayotgan harakatidir.
Boshlang
Dapp dasturini ishlatib ko‘rish uchun sizga va bir oz ETH kerak bo‘ladi. Hamyon yordamida ulanish yoki tizimga kirishingiz mumkin. Bundan tashqari, amalga oshirish uchun ETH talab qilinadi.
Boshlovchilar uchun do‘stona
Boshlovchilar uchun yaxshi bo‘lgan bir nechta dapplar. Quyida boshqa dapplar bilan tanishing.
Uniswap
Tokenlaringizni oson almashtiring. Tarmoq bo‘ylab boshqa ishtirokchilar bilan tokenlarni almashish imkonini beruvchi, hamjamiyat orasida mashhur bo‘lgan xizmat.
OpenSea
Cheklangan nashrdagi noyob tovarlarni sotib oling, soting, kashf eting va almashing.
Gods Unchained
Strategik karta o‘yini. O‘ynab, haqiqiy hayotda sotish imkoniyatiga ega bo‘lgan kartalarni qo‘lga kiriting.
Ethereum Name Service
Ethereum manzillari va markazlashmagan saytlar uchun foydalanuvchilarga qulay bo‘lgan nomlar.
Dapplar bilan tanishing
Ko‘plab dapplar hali-hanuz tajriba bosqichida bo‘lib, markazlashmagan tarmoqlarning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Biroq, texnologiya, moliya, o‘yin va kolleksiyalashtirish sohalarida muvaffaqiyatga erishgan dastlabki ilovalar ham yo‘q emas. Bu sohalarda ayrim loyihalar o‘zlarini yaxshi ko‘rsata olishdi.
Toifani tanlang
Markazlashmagan moliya
Ushbu ilovalar kriptovalyutalardan foydalangan holda moliyaviy xizmatlarni yaratishga qaratilgan. Ular kredit berish, qarz olish, foiz daromadi olish va shaxsiy to‘lovlarni amalga oshirish kabi xizmatlarni taklif etadi - bunda hech qanday shaxsiy ma’lumot talab qilinmaydi.
Doim o‘zingiz tadqiqot o‘tkazing
Ethereum yangi texnologiya va aksariyat ilovalar yangi. Har qanday katta miqdordagi pulni omonatga qo‘yishdan oldin xavf-xatarlarni tushunganingizga ishonch hosil qiling.Qarz berish va qarz olish
- KetdikAaveFoiz olish va istalgan vaqtda yechib olish uchun tokenlaringizni qarzga bering.
- KetdikCompoundIstalgan vaqt foiz olish va pul olish uchun tokenlaringizni qarzga bering.
- KetdikSummer.fiEthereum tarmog‘idagi barqaror kriptovalyuta Dai bilan savdo qiling, qarz oling va pul jamg‘aring.
- KetdikPWNEthereumʼdagi istalgan token yoki NFT’lar garov evaziga oson kreditlar.
- KetdikYearnYearn Finance daromad to‘plovchi tizimdir. U shaxslar, DAO va boshqa protokollarga raqamli aktivlarni joylashtirish orqali daromad olish imkoniyatini beradi.
- KetdikConvexConvex Curve likvidlik ta’minotchilariga o‘zlarining CRVlarini qulflamasdan savdo to‘lovlarini olish va kuchaytirilgan CRV olish imkoniyatini beradi.
Birjalar
- KetdikUniswapTokenlarni oddiy usulda ayirboshlang yoki foizli mukofotlar olish uchun tokenlar taqdim eting.
- KetdikLoopringTezkorlik uchun yaratilgan piring savdo platformasi.
- KetdikBalancerBalancer — avtomatlashtirilgan portfel menejeri va savdo platformasi.
- KetdikCurveCurve - barqaror kriptovalyutalarga yo‘naltirilgan markazlashmagan almashtiruv tizimi
- KetdikDODODODO - bu zanjir ichidagi likvidlik ta’minlovchisi bo‘lib, u Proaktiv Bozor Yaratuvchi (PMM) algoritmidan foydalanadi
Bridges
- KetdikRubicFoydalanuvchilar va dAppʼlar uchun blokcheynlararo texnologiyalarni jamlash vositasi.
Investitsiya jamgʻarmalari
- KetdikPoolTogetherYutqazib bo‘lmaydigan lotereya. Har hafta sovrin-mukofotlar.
- KetdikIndex CoopPortfelingizga eng yaxshi DeFi tokenlarini qo‘shish imkonini beruvchi kripto indeks fondi.
- KetdikYearnYearn Finance daromad to‘plovchi tizimdir. U shaxslar, DAO va boshqa protokollarga raqamli aktivlarni joylashtirish orqali daromad olish imkoniyatini beradi.
- KetdikConvexConvex Curve likvidlik ta’minotchilariga o‘zlarining CRVlarini qulflamasdan savdo to‘lovlarini olish va kuchaytirilgan CRV olish imkoniyatini beradi.
Portfel boshqaruvi
- KetdikZapperPortfelingizni nazorat qiling va bir interfeys orqali turli DeFi mahsulotlaridan foydalaning.
- KetdikZerionPortfelingizni boshqaring va bozordagi har bir DeFi aktivini oddiy tarzda baholab chiqing.
- KetdikRotkiSizning shaxsiy ma’lumotlaringizni hurmat qiladigan ochiq kodli portfelni kuzatish, tahlil qilish, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq hisobotini taqdim etish vositasi.
- KetdikKrystalSevimli DeFi xizmatlaringizning barchasiga kirish uchun yagona platforma.
Crowdfunding
- KetdikGitcoin GrantsKuchaytirilgan hissalarga ega Ethereum hamjamiyat loyihalari uchun kraudfanding
Derivativlar
- KetdikSynthetixSynthetix sintetik aktivlarni chiqarish va ular bilan savdo qilish imkonini beruvchi protokoldir
Boshqa ilovalarni ko‘zdan kechirmoqchimisiz?
Sehr ortda markazlashmagan moliya tizimi
Ethereum’ning qanday xususiyatlari markazlashmagan moliya dasturlarining gullab-yashnashiga imkon bermoqda?
Ochiq kirish huquqi
Ethereumʼda ishlaydigan moliyaviy xizmatlardan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Mablag‘ingiz va internet aloqangiz bo‘lsa, darhol foydalanishga tayyorsiz.
Yangi token iqtisodi
Bu moliyaviy mahsulotlar doirasida siz munosabatda bo‘la oladigan tokenlarning butun bir dunyosi mavjud. Odamlar Ethereum asosida doimiy ravishda yangi tokenlarni yaratishda davom etmoqda.
Stablecoins
Jamoalar - kamroq o‘zgaruvchan kriptovalyutani yaratdilar. Bu sizga xavf va noaniqliksiz kriptovalyuta bilan tajriba o‘tkazish va undan foydalanish imkoniyatini beradi.
Bir-biriga bog‘liq moliyaviy xizmatlar tizimi
Ethereum tizimidagi barcha moliyaviy mahsulotlar modulli tuzilishga ega bo‘lib, bir-biri bilan uyg‘unlasha oladi. Bu modullarning yangi shakllari muntazam ravishda bozorga kirib kelmoqda, bu esa sizning kriptovalyutangiz yordamida amalga oshira oladigan imkoniyatlaringizni kengaytirmoqda.
Dappʼlar ortidagi sehr
Dappʼlar oddiy ilovalar kabi ko‘rinishi mumkin. Biroq, ular parda ortida o‘ziga xos xususiyatlarga ega, chunki Ethereumʼning barcha g‘ayrioddiy imkoniyatlarini o‘zlashtiradi. Quyida dappʼlarni oddiy ilovalardan farqlaydigan jihatlar keltirilgan.
Ethereumʼni nima shunchalik buyuk qiladi?Egasi yo‘q
Ethereumʼga joylashtirilgandan so‘ng, dapp kodini o‘chirib tashlash mumkin emas. Har qanday kishi dappning xususiyatlaridan foydalana oladi. Hatto dapp ortidagi jamoa tarqalib ketgan taqdirda ham, undan foydalanishni davom ettiraverasiz. Ethereumʼga bir marta joylashtirilgach, u doimiy ravishda o‘sha yerda qoladi.
Senzuradan xoli
Ichki to‘lovlar
Ulang va ishlating
Anonim kirish
Kriptografiya asosida himoyalangan
Kutish vaqti yo‘q
Dappʼlar qanday ishlaydi
Dapps markazlashgan serverda emas, balki markazlashtirilmagan tarmoqda ishlaydigan o‘z backend kodiga (aqlli shartnomalar) ega. Ular ma’lumotlarni saqlash uchun Ethereum va ilova mantiqi uchun smart shartnomalardan foydalanadilar.
Smart-shartnoma - bu blokcheynga joylashtirilgan, hammaga ko‘rinadigan va aniq belgilangan qoidalar asosida ishlayotgan tizimdir. Buni savdo avtomatiga o‘xshatish mumkin: agar siz unga yetarli mablag‘ solsangiz va to‘g‘ri tanlov qilsangiz, xohlagan mahsulotingizni olasiz. Xuddi savdo avtomatlari kabi, smart-shartnomalar ham Ethereum hisobingizga o‘xshab mablag‘larni saqlash qobiliyatiga ega. Bu esa dastur kodiga kelishuvlar va bitimlarni boshqarish imkoniyatini beradi.
Dappʼlar Ethereum tarmog‘iga joylashtirilgandan keyin ularni o‘zgartirish imkonsiz bo‘ladi. Dappʼlar markazlashmagan bo‘lishi mumkin, chunki ular alohida shaxs yoki kompaniya tomonidan emas, balki shartnomaga yozilgan mantiq asosida boshqariladi.